Panjhir
Panjhir — ilk o’rta asrlarda Toxariston viloyati shahri (hozirgi Afg’onistonning Nuriston viloyatidagi Panjshir shahri). 10-asrda Panjhir atrofida boy kumush koni bo’lgan. Panjhir shaxri tog’ tepasida joylashgan bo’lib, uning yonidan Andarob va Koson daryolari oqqan. Bu yerda bog’lar ko’p bo’lsada, yerlar haydalmagan, ishlov berilmagan. Sam’ongshning ma’lumotiga ko’ra, urush vaqtida Panjhir 10 ming jangchi yetkazib bera olgan. Panjhirning barcha aholisi Panjhir dokimi egalik qilgan kumush tog’dagi konda ishlaganlar. Kondan qazib chiqarilgan kumush ma’dani 3 qismga taqsimlangan: bir qismini Sulton vakili, 2-qismini uni qazib olgan konchi olgan, 3-qismi esa konchilik bilan mashg’ul bo’lgan mahalliy aholiga tekkan, ular uni savdogarlarga sotishgan. Muqaddasiyning yozishicha, 10-asrda Panjhirda ko’plab dirhamlar zarb qilingan. Panjhir zarbxonasi 8-asrning 2-yarmida ham mavjud edi. 10-asrda Somoniylar davrida Panjhirda harbiy qarorgoh joylashgan bo’lib, uning o’z zarbxonasi bo’lgan. Ad.: Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazichnim istochnikam IX — nachala XSH vv., T., 1996. Shamsiddin Kamoliddinov.