Pankreatik shira, me’da osti bezi shirasi
Pankreatik shira, me’da osti bezi shirasi — me’da osti bezida ishlanadigan hazm shirasi; ishqoriy reaktsiyali rangsiz suyuqlik. Tarkibida oqsil, yog’hamda uglevodlarni parchalaydigan fermentlar, bir necha oqsillar (asosan, globulinlar), kreatinin, mochevina, siydik kislota, mikroelementlar va boshqalar bor. Odamda bir sutkada 1,5—2 litr Pankreatik shira ajraladi.