Pankreatit

Pankreatit (Yun. pankreas — me’da osti bezi) — me’da osti bez- ining yallig’lanishi. O’tkir va surun- kali bo’ladi. O’tkir P. alkogolizm, yol- chitib ovqatlanmaslik yoki me’yoridan ortiqovqat eyish, shuningdek, o’t toshi kasalligi natijasida paydo bo’ladi. P.ga me’da osti bezi tomirlarining za- rarlanishi yoki unga tromblar tiqilib qolishi, infektsion kasalliklar, shi- kastlanishlar va qorin bo’shlig’idagi turli yallig’lanishlar sabab bo’ladi. O’tkir P.da me’da osti bezi shishadi; bezning yallig’langan qismi iriydi yoki to’qimalari nobud bo’ladi. Kasallikning klinik belgilari, kechishi va oqibat me’da osti bezi zararlangan qismining kattaligi va og’ir-engilligiga bog’liq. O’tkir P.ning og’ir shaklida qorinning yuqrri qismi qattiq og’riydi va og’riq orqaga tarqaladi; bemorning ko’ngli aynib, qusadi, el kelmaydi, og’riq zo’rligidan hushdan ketib qoladi, shok, kollaps holatlari ham kuzatiladi. O’tkir P.ga xos alomatlar paydo bo’lganda zud- lik b-n tez tib-biy yordamni chaqirish, bemorni yotqi-zib qo’yish lozim. Surunkali P. xuddi o’tkir P.gao’xshash paydo bo’ladi. Ko’pincha o’tkir P. o’z vaqtida davolanmasa, kasallik surun- kali Tue oladi. Bunda qorin sohasi (asosan, yuqorisi) sanchib og’riydi va og’riq chap tomonga tarqaladi, bemor- ning ko’ngli aynib qusadi, ishtahasi yo’qoladi, ichi ketadi, axlati xuddi loy- ga o’xshash bo’ladi. Lab. tekshiruvlariga asoslanib, Xu-Susan, me’da osti bezi fermenti (amilaza)ni qon va siydiqda aniklab diagnoz qo’yiladi. Surunkali P. qo’zigan davrda uni faqat vrach davolay – Di. Kasallik xurujlari orasidagi davr- da parhezga qat’iy rioya qilish talab etiladi; uglevodli va yog’li ovqatlardan o’zni tiyish, ko’proq oqsilga boy ovq- atlar eyish va vrach ko’rsatmasi bo’yicha fermentlar qabul qilish mumkin. P.ning oldini olishda eng muhimi unga sabab bo’ladigan omillarni bar- taraf etishdan iborat.