Pantograf

Pantograf (Pan… va graf) — 1) bir masshtabdagi chizma plan va xaritalarni boshqa (odatda, kichik) masshtabda va, aksincha, ko’chirib chizadigan asbob. Turli o’lcham va konstruktsiyalarda yasaladi. Uning osma g’ildirakchali va boshqa xillari bo’ladi. Asl nusxa masshtabi bilan ko’chirilayotgan nusxa masshtabi nisbatini xohlagancha o’zgartirish mumkin; 2) motorli vagon yoki elektrovoz tomiga o’rnatilib, kontakt tarmog’i simidan tok oladigan qurilma. Prujinalar yordamida kontrakt tarmog’iga qisib turadigan polzun (chang’ilar va kontakt quymalar) dan iborat. Pantograf yuqori tezlikda sim bilan yaxshi kontakt hosil qilishga imkon beradi, transprotning yo’nalishi o’zgarganda qayta o’rnatishni talab qilmaydi.