Panturkizm

Panturkizm (Pan… va turk) -tur- kiy xalqlarni birlashtirish g’oyasiga Rossiya va Angliya imperiyalari, shuning- dek, SSSR tomonidan berilgan rasmiy nom. Bu harakat ildizlari ancha chuqur bo’lsa ham, biroq u 19-a. oxirlari — 20- a. boshlarida Usmonli turk sultonli- gi va chor Rossiyasining turkiy xalqlar yashaydigan hududlarida keng tarkalgan. Yosh turklarncht partiyasi “Ittihod va taraqqiy” bu qarashni o’z g’oyasi sifatida qabul qilgan. Keyinchalik Turkistonda- gi jadidchilik hara-katining namoyan- dalari, yosh buxoroliklar va yosh Xiva- liklar ham uni o’z dasturiy qarashlari sifatida e’tirof qilishgan. Turki- stonda podsho Rossiyasining zulmiga qarshi ko’tarilgan xalq qo’zg’olonlari, turli norozilik chiqishlarini mustam- lakachi ma’murlar P. va panislomizm oqimlari ta’sirida uyushtirilgan, deb da’vo qilishgan. Birinchi jahon urushi davrida Usmonli turk sultonligining Germaniya tomonida turib urushga kiri- shi Rossiyaning rasmiy doiralarida bu harakatga qarshi kompaniya kuchayishiga olib kelgan. Chorizm ma’murlari tur- kiston va Kavkazdagi milliy ozodlik harakatlarining ishtirokchilariga P. tamg’asini bosishgan. Xususan, Rossiyada Oktyabr to’ntarishidan so’ng sovet reji- mi va kommunistik mafkura bu qarashni bu-tunlay soxtalashtirgan. Rossiya kom- mu-nistlarining etakchilari o’z nutKla- rida turkiy xalqlarni birlashtirish g’oyasini “panturkizm” qabilida noto’g’ri talqin qilib, bolsheviklarni unga qarshi barcha vositalar b-n kurash olib borishga to’xtovsiz chaqirib turgan.