Papuas tillari
Papuas tillari – yangi Gvi-neya o.da va tinch okeanning boshqa bir qancha o.larida tarqalgan til guruxla- ri va yakkayakka tillarning umumlashma shartli nomi. Ushbu atama mazkur til- lar o’rtasida genetik o’xshashlik bor yoki yo’qligidan qat’i nazar, shu mintaka- dagi avstronez tillaridan farklanish uchun ishlatilgan. Shuning uchun ba’zan ular neavstronez (avstronez bo’lmagan) tillar deb ham ataladi. P.t.ning umu- miy soni 750 dan 1000 gacha etadi, ular- da so’zlashuvchilarning umumiy soni 5 mln. kishiga yaqin. P.t.ning genetik qardoshligi haqida ishonarli ma’lu- motlar yo’q; ularning malay-polinez (AV- stronez) tillari hamda Avstraliya tilla- ri b-n aloqadorligi tax-min qilinadi. Dastlabki ma’lumotlar bo’yicha P.t. 12 ta til guruxiga ajraladi. Ulardan eng yiriklari: yangi Gvineya hududini qamrab oluvchi FILA (Yun. phyle — qabila; avstraliyalik olim S. Vurm taklif etgan ushbu termin “tillar ma- krooilasi” tushunchasiga to’g’ri kela-Di) — 491 tilni kamrab oladi, bu tillar- da so’zlashuvchilar 4 mln. kishiga yaqin; G’arbiy Papua filasi 24 tilni kamrab oladi, unda 500 mingdan or-tiq kishi so’zlashadi; Sepik-Ramu filasi 97 tilni qamrab oladi, so’zlashuvchilar 300 ming kishidan ortiq; Torrichelli filasi 47 tilni kamrab oladi. 120 mingdan ortiq kishi so’zlashadi; Sharqiy Papua filasi 28 tilni qam-rab oladi, 80 mingdan or- tiq kishi so’zlashadi va b. P.t. agglyutinativ tillardan. Undosh tovushlar tizimi rivojlangan. Morfo- logik satxda fe’l turkumi murakkab. Ot turkumida turlanish yo’q. P.t. o’z yozuviga ega emas, bu tillar maktablarda deyar- li ta’lim-tarbiya tili hisoblanmaydi. Turli P.t. uchun lotin yozuvi asosida alifbolar yaratish ishlari boshlangan.