Paramaribo

Paramaribo — Surinam poytaxti. Surinam daryosining chap sohilida. Iqlimi subekvatorial, yanv.ning o’rtacha temperaturasi 26°, avgustniki 29°. Yillik yog’in 2250 mm. Aholisi 213 ming kishi (2000). Temir yo’l stantsiyasi, avtomobil yo’llari tuguni. Aeroport bor. Mamlakatning muhim porti (chetga boksit, yog’och, shakar, rom, sholi, tsitrus mevalar chiqariladi). Oziq-ovqat va yog’ochsozlik sanoati korxonalari; universitet, muzey, botanika bog’i bor. Shaharga 1640 yilda indeyslar qishlog’i o’rnida frantsuzlar tomonidan asos solingan. 1975 yildan mustaqil Surinam poytaxti.