Parametr
Parametr (Yunoncha parametron — o’lchaydigan) — 1) matematik formula va ifodalarda qo’llaniladigan kattalik. Parametr qiymatlari orqali biror to’plam elementlari bir-biridan farklanadi. 2) texnikada — texnologik jarayon, hodisa, tizim, texnik qurilma va boshqalarning biror xossasini ifodalaydigan kattalik. Masalan, mexanik tizimlarda massa, ishqalanish koeffitsienti, inersiya momenti va hokazolar.