Paratireoid bezlar
Paratireoid bezlar (para… va Yunoncha thyreoides — qalqonsimon) — qalqonsimon bez oldi bezlari; odam va hayvonlarning ichki sekresiya a’zolari. Ular ba’zi sut emizuvchilar (sichkrn, kalamush)da bir juft, boshkalari (it, quyon, tuya, echki)da va odamda 2 juft. Paratireoid bezlar organizmda kaltsiy va fosfor almashinuvini boshqaradigan paratireoid gormon (paratgormon) ishlab chiqaradi.