Paratireoid gormon

Paratireoid gormon, Paratgormon — odam va hayvonlarning qalqonsimon bez oldi bezlarida hosil bo’ladigan gormon. 1925 yilda kanadalik olim J. Kollip tomonidan buqaning qalqonsimon bezidan ajratib olingan. Suyaklardan qonga kaltsiy chiqishini, buyraklardan kaltsiy va fosfat ajralishini kuchaytiradi. Kimyoviy tabiatiga ko’ra — polipeptid.