Passaj asbobi

Passaj asbobi (Fransuzcha passage— o’tish) — yoritqichlarning osmon sferasidagi vertikal doyra tekisligidan o’tishini kuzatishda, joyning geografik kengligini aniqlashda ishlatiladigan asbob. Passaj asbobini 1689 yil Daniyalik astronom O.Ryomer ixtiro qilgan. Keyinchalik (1937) rus astronomi N.N. Pavlov yoritqichlarning meridiandan o’tishini avtomatik ravishda qayd qiladigan fotoelektr Passaj asbobini ixtiro qildi. Bu bilan kuzatish aniqligi oshirildi. Passaj asbobining kuzatish trubasi faqat vertikal tekislikda aylana oladi.