Patefon

Patefon (Fransuzcha firmasi “Pathe” nomi va … fon) — grammofon plastinkasiga yozilgan tovushni qayta eshittirish uchun xizmat qiladigan apparat, grammofonning turi. Dastlabki Patefon katta karnayli bo’lgan, keyinchalik karnayi quti ichiga joylashtirilgan. Diskini dasta bilan burab taranglab turiladigan prujina aylantiradi. Patefon 20-asr 50-yillarigacha ishlatilgan. Ba’zi xonadonlarda, muzeylarda hozir ham saqlanadi.