Patologik anatomiya

Patologik anatomiya, Pato- logik morfologiya — odam va hayvon or- ganizmidagi patologik jarayonlarning morfologik asoslarini, Pa-togeneznnnt morfologik tomonlarini o’rganadigan fan; patologiyannng eng muhim qismi. P.a. patologik fiziologiya, mikrobiolo- giya, gigiena kabi fanlar b-n chambarchas bog’langan. P.a. umumiy va xususiy qismlarga bo’linadi. Umumiy P.a. umumiy Pato- logik jarayonlar (kon aylanishining bu-zilishi, yalliglanish va b.)ni, xusu- siy P.a. esa a’zo va sistemalar (mas, nerv sistemasi, yurak, tomirlar va b.) dagi patologik jarayonlarni o’rganadi. Ma’lum kasalliklarda kelib chiqadigan o’zgarishlarni o’rganadigan maxsus P.a. ham muhim ahamiyat kasb etadi. Murda- ni yorib (q. Murdani yo’rish), a’zolardagi o’zgarishlarni o’rganish va to’qimalarni mikroskopda tekshirish P.a.ning aso- siy usulidir. P.a. kasallik natija- sida a’zo va to’kimalarda ro’y bergan o’zgarishlarni o’rganishda biopsiya usu- lidan keng foydalanadi, ya’ni anik, dia- gnoz qo’yish maqsadida to’qima yoki a’zo bo’laklari kesib olib tekshiriladi; operasiya vaq-tida olib tashlanadigan a’zolar ham patologik-anatomik tekshi- ruvdan o’tka-ziladi. To’qimalardagi al- mashinuv jarayonini mukammal tahlil qilishga im-kon beradigan gistokimyo- viy tekshirish usuli keng tarqalgan. Patologik o’zgarishlarning avj olishi- ni hayvonlarda tajriba yo’li b-n paydo qilish juda muxim. Bu usul kasallik- ning avj olishidagi hamma davr va FA- zalarni aniq kuzatib borishda birmuncha qo’l keladi. P.a. uzoqtarixga ega. Misrda jino- yat qilganligi uchun qatl etilgan kishi- ning murdasi Ptolemey II buyrug’i b-n vrachlarga ilmiy tadqiqot uchun beri- lar edi. Gerofil va Gippokratpar shu davrda birinchi anatomik tekshirishlar o’tkazishgan. Abu Ali ibn Sino ham Mur- Dani yorib, a’zolardagi o’zgarishlarni aniqlashga urinib ko’rganligi ma’lum. P.a.ning mustaqil fan sifatida shak- llanishida italyan Anatomi J. Morga- ni (18-a.ning 2yarmi) va frantsuz anato- mi M.F.Bishaning (19-a.ning boshlari) klassik tadqiqotlari katta rolo’ynadi. 19-a.ning o’rtalarida P.a.dan atlas va qo’llanmalar chop etildi. Bu davrda Ev- ropaning ko’pgina un-tlarida P.a. kafe- dralari ochildi. O’zbekistonda bir qancha tibbiyot in- tlari (toshti, SamTI, Andijon tibbiyot in-ti va b.)da ham P.a. kafedralari, i.t. institutlari (O’zbekiston sil kasalli- gi i.t. instituti, Onkologiya markazi)da P.a. bo’limlari tashkil etildi. O’zbekistonda P.a. fanining asoschi- lari g. N. Terexov, S. D. Tatarenchik va b. bo’ldi. Fanning keyingi taraqqiyo- tigaa. I. Ma’rupov, R. I. Danilova, F. J. To’laganov, R. A. A’zamov, M. S. AB- dullaxo’jaeva, E. S. Qosimxo’jaev, O. M. Azizova, V. A. Alimov, B. A. Ma’rupov va b. olimlar katta hissa qo’shdilar. P.a.ning dolzarb masalalari Defo- li-antlar, gerbitsidlardan zaharlanish, geografik patologiya, yurak-tomir Pa- tologiyasi va infektsion kasalliklar, nerv sistemasi patologiyasi va b. Ustida tadqiqotlar olib borilmoqda. O’zbekistonda patologoanatomik xiz- mat ko’rsatadigan muntazam sistema ish- lab turibdi. Viloyatlar markazida vilo- yat patologoanatomiya kengashlari barpo etilgan. O’zbekiston P.a. marka-zi P.a. xizmatiga tashkiliy-uslubiy va o’quv- ilmiy jihatdan rahbarlik qiladi. Bu markazda bolalar kasalliklari, onalar- da homiladorlik b-n bog’liq patologiya muammolari ishlab chiqila-Di va ilmiy ishlar Jahon sog’liqni saqlash tashkilo- ti b-n hamkorlikda olib boriladi. Hayvonlar P.a.si odam P.a.si muvaffaqiyatlari b-n bog’liq qolda ri- voj topdi va umumiy, qiyosiy hamda ekspe-rimental patologiya uchun keng ma- terial manbai bo’ldi. Bundan tashqari, hayvonlar kasalliklarining mohiyati va rivojlanishini o’rganish, ular diagno- stikasi, sud veterinariyasi hamda go’sht va go’sht mahsulotlarining veterinariya- sanitariya ekspertizasi uchun hayvonlar P.axi mustaqil ahamiyatga ega. O’zbekistonda veterinariya i.t. in- stituta va oliy o’quv yurtlarida P.a. ka- fedralari, diagnostika lab.larida P.a. bo’limlari bor.