PATOLOGIK FIZIOLOGIYA
PATOLOGIK FIZIOLOGIYA – kasal organizm (odam va hayvon) ning hayot faoliyati, undagi funktsio- nal o’zgarishlar, kasallikning paydo bo’lishi, avj olishi, kechishi va oqibati qonu-niyatlarini o’rganadigan fan. P.f. normal fiziologiya, patologik anato- miya, xususiy patologiya b-n chambar- Chas bog’langan. P.f. umumiy va xususiy qismdan iborat. Umumiy qismda kasallik biologik qonuniyat, bir butun organizmning re – aktsiyasi sifatida o’rganiladi. Kasallik negizi, rivojlanishi, kechish davrlari va oqibatlari (sog’ayish, o’lim) tasni- Fi kabi masalalarni o’rganish ham shu qismga kiradi. Bunda orga-nizmning re- aktivligi, nevrogen, gumo-ral, endokrin va b. omillar roli, umumiy va mahalliy o’zgarishlarning o’zaro munosabati, Pato- logik jarayon u yoki bu to’qima va siste- malarda ro’y bergandagi xususiyatlar, ja- rayonning orga-nizmga tarqalish yo’llari aniqlanadi. Yallig’lanish, isitma, qon aylanishining mahalliy buzilishi, gi- poksiya, moddalar almashinuvinint iz- dan chiqishi kabi patologik jarayonlar o’rganiladi. Funktsiyalar buzilganda moslanish (q. Adaptasiya) va ularning ti- klanish mexanizmlari tekshiriladi; Pa- tologik jarayonlarni davolab Barta-raf etish yo’llari (eksperimental terapiya) ishlab chiqiladi. Xususiy qismda turli a’zo va siste- malar (mas, yurak, jigar, nerv sistemasi, ichki sekresiya bezlari va b.) funktsi- yasining buzilish sabablari, rivojla- nishi, kechishi va oqibatining umumiy qonuniyatlari o’rganiladi. Bunda ay- Rim kasalliklarning mexanizmlarini o’rganish uchun eksperiment sharoitida ularning Andoza (model)lari yaratilib tekshiriladi. P.f.da turli usullar, asosan, Pato- fiziologik eksperiment usulidan foy- dalaniladi: hayvonlarda turli kasal- liklar paydo qilinib, ularning saba- blari, rivojlanishi va h.k. o’rga-niladi. Shu boisdan P.f. eksperimental fan hisoblansada, asosiy vazi-fasi klini- kaga yordam berish bo’lgani uchun bevosita bemorlarni tekshiradi. I. M. Sechenov, I. P. Pavlov, I. E. Dyad-kovskiy, A. A. Bogomoles kabi rus olimlari, frantsuz olimi K. Bernar va b. P.f. ning rivojlanishiga katta xissa qo’shdi. O’zbekistonda tibbiyot oliy o’quv yurt- lari — toshti, SamTI, Andijon tibbi- yot in-ti, Toshkent tibbiyot pediatriya in- tida P.f. kafedralari, ayrim tibbiyot i.t. institutlari (mas, O’zbekiston Gema- tologiya va qon quyish in-ti, O’zbekiston teri-tanosil kasalliklari in-ti va h.k.) da P.f. lab.lari mavjud. O’zbekistonda P.f. fanining shakllanishi va ri- vojlanishi prof. V. V. Vasilevskiy, M.N.Xanin, X. R. Far-Hodiy, N. H. AB- dullaev, M. M. Haqber-diev, 3. N. Kari- mov, H. Yo. Karimov, Yu. O. Otabekov va b. nomi b-n bog’liq. 70-y.lardan boshlab jigar va b. ichki a’zolar shikastlanishida mikro- tsirkulyasiya, funktsional va metabo- lik o’zgarishlar mexanizmi hujayra va hujayra tuzilmalari (monooksigenez- lar) darajasida o’rganilmoqda. Pato-Ge- netik davolanishning yangi yo’llarini tajribada asoslash va ularni amaliyotga joriy etish ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Ilmiy ishlarni O’zbekistonda Sog’liqni saqlash vazirligi ilmiy tib- biyot kengashi qoshidagi umumiy Pato- logiya muammolari komissiyasi muvo- fiqlashtirib turadi. Ad.: Alpern D. E., Patologik fizio- logiya, T., 1956; Rukovodstvo po patolo- gicheskoy fiziologii, t. 1-4, M., 1966; Patologicheskaya fiziologiya, M., 1973; Abdullaev N. H., Karimov H. G., Patolo- gik fiziologiya, T., 1998.