Patriarx

Patriarx (Yunoncha pater — ota va archo — boshqaraman) — cherkov ierarxiyasida oliy unvon. Xristian cherkovidagi Rim, Konstantinopol, Aleksandriya, Antioxiya, Quddus episkoplarida shu unvon bo’lgan. Hozirgi pravoslavieda oliy diniy lavozim, avtokefal cherkovi boshlig’i. Cherkov yig’inida saylanadi. Rus pravoslav cherkovida Patriarxlik lavozimi 1589— 1700 yillarda bo’lgan, 1917 yil 5(18) noyabrda qayta tiklangan.