Pavlova Olga Nikolayevna
Pavlova Olga Nikolayevna (1895, Marg’ilon — 1982.16.3, Toshkent) — terapevt olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1950). Tibbiyot fanlari doktori (1945), professor (1948). O’rta Osiyo universitetining tibbiyot fakultetini tugatgach (1923), shu fakultet (keyinchalik toshti) terapiya klinikasining ordinatori (1924-26), assistenti (1927-39), dotsenti (1939-48), gospital terapiya va kasb kasalliklari kafedrasi mudiri (1946-1966), 1966 yildan gospital terapiya klinikasi konsultanti. Pomirning turli balandliklari va Qoraqumning subtropik cho’llari iqlimi sharoitida yurak-tomir va qon yaratish sistemalari klimatofiziologiya ustida tadqiqot ishlari olib borgan. As: K voprosu sutshnosti psevdogemofilii i yeyo lechenie. T., 1930; K klinike i diagnostike ostrix i podostrix Aleykemicheskix mielozov, T., 1938; kartina krovi v usloviyax visokogornogo klimata, T., 1939.