Paxtagul

Paxtagul — islimiy naqsh turi; amaliy bezak san’atida ochilgan paxta chanog’ini uslublashtirib yaratiladi. Paxtagul yoki paxta islimiy deb ataladi. Amaliy san’atning deyarli barcha turlari (kashtado’zlik, chinnisozlik, kulollik, kandakorlik, ganch o’ymakorligi va boshqalar)da keng tarqalgan.