Peptidazalar, dipeptidazalar, polipeptidazalar

Peptidazalar, dipeptidazalar, polipeptidazalar — Peptidlar yoki peptonlarni aminokislotalargacha parchalovchi fermentlar. Hayvon va o’simlik to’qimalari hamda mikroorganizmlarda ko’p bo’ladi. Proteinazalar bilan birga oqsil almashinishi jarayonida qatnashib, oqsil molekulalarini asta-sekin erkin aminokislotalarga parchalaydi.