Perigey

Perigey (peri… va Yunoncha ge — yer) — Oy yoki yer sun’iy yo’ldoshi orbitasining yerga eng yaqin nuqtasi. G’alayonlanuvchi kuchlar Perigeyning fazodagi vaziyatini o’zgartiradi. Masalan, Quyoshning g’alayonlanuvchi kuchi ta’sirida oy perigeyi orbita bo’ylab oy harakati tomonga siljiydi va 8,85 yilda bir marta to’liq aylanib chiqadi. Yer sun’iy yo’ldoshining perigeyi siljishiga yerning shakli shardan farq qilishi sabab bo’ladi. Osmon jismlarining Perigeydan 2 marta ketma-ket o’tishi orasidagi vaqt anomal istik davr, Perigeydan yer markazigacha bo’lgan masofa Perigey masofasi deyiladi.