Peripter

Peripter (Yunoncha peripteros — Kolonnalar bilan o’ralgan) — arxaik va klassik davrdagi yunon ibodatxonasining asosiy turlaridan. 4 tomonidan ustunlar bilan o’ralgan to’g’ri burchakli bino. Peripter ichi yarim ochiq qism (pronaos), asosiy xona (naos) va undan ajratib orqa tomonga qurilgan pastqam xona — opistodom (undan ko’proq g’aznaxona sifatida foydalanilgan)dan iborat. Peripterning tashqi ko’rinishi (shakli)dan klassisizm davri me’morlari unumli foydalanganlar.