PERM SISTEMASI

PERM SISTEMASI (DAVRI), Perm — paleozoy eratemasi (erasi)ning so’nggi (oltinchi) davri. P.D. bundan 286 mln. yil avval boshlanib, 38 mln. yil da- vom etgan. Ingliz geologi R.I.Murchison 1841 y.da ajratgan. P.s. quyi va yuqori bo’lim hamda yaruslarga bo’linadi (q. Geo- xronologiya). P.s.da tektonik harakatlar juda kuchli bo’lgan: gersin tektonik bur- malanish tsikli davom etib nihoyasiga etgan. Bu harakatlar Ural, Tyanshan, G’arbiy Evropa (Gersin), Shim. Amerika (Appalachi) geosinklinal zonalarida avj olib, tog’tizmalari paydo qilgan. P.s.ning 2yar-mida bepoyon platforma ob- lastlarida dengizlar chekinib, ularning o’rnida quruklik vujudga kelgan. Perm regres-siyasi natijasida P.D. boshlari-da mavjud bo’lgan poyonsiz dengizlar ko’l, havzalarga aylangan. P.D. oxirlarida plat-formalar quruklikka aylangan, ay- Rim joylar (mas, Tetis, yuqori yana)da dengizlar saqlanib qolgan. P.D.da iqlim keskin zonal bo’lib, tobora quruklasha borgan. Tetis dengizi atrofida nam tropik ikdim mintaqasi ajrala bosh- lagan. Uning shim.dagi issiq va quruq iqlim mintaqasida tuzli va qizil rang- li yotqiziklar keng rivojlangan. Yana- da shim.Rokdagi ancha nam min-taqada ko’plab ko’mir to’plangan. Jan. mo”tadil mintaqada Gondvana ko’mir qatlamlari paydo bo’lgan. P.D. boshlarida Jan. yarim sharda materikni muz bosgan. P.D. oxirlarida iqlim soviy boshlagan, unga mansub kontinental yotqiziklarda kdzil rangli chaqiq jinslar ko’p. Shuning- dek, kulrang chaqiq jinslar va ko’mir qatlamlari mavjud. Kuyi Permda Jan. materiklarda muz yotqiziklari (tallit- lar) hosil bo’lgan. P.s. uchun tuzli Laguna formasiyalari xos, epikontinental den- giz yotqi-ziklari karbonat formasiyalar — turli ohaktoshlar, jumladan, rifogen ohak-toshlardan iborat. Geosinklinal dengizlar o’rnida terrigen chaqiq, chaqiq- karbonat va kremniyli chaqiq-vulkanogen formasiyalar hosil bo’lgan. P.D.da quruqlik maydonining kengay- ishi natijasida quruklikda o’simlik va hayvon turlari ko’paya borgan. Bu davrda paleozoy erasiga xos bir qancha o’simlik va hayvonlar tugab yangilari paydo bo’lgan. P.D. o’simliklari iqlim turli joyda turlicha bo’lga-nini, quruqlashib borganini ko’rsa-tadi. Avvallari keng tarqalgan o’simliklarning ayrim turla- ri yo’qola borgan. Daraxt ko’rinishidagi plaunsimonlar shular jumlasidan bo’lib, ulardan faqat sigillyariya kabi ay-rimlarigina saqlanib qolgan. Ka- la-mitlar, shuningdek, sfenofillar rivojlana borib, P.D. oxirlarida bu- tunlay yo’qolib ketgan. Paporotnik va paporotniksimon pteridosperma- lar ko’p va xilma-xil bo’lgan. Yalang’och urug’lilar juda ko’paygan. Kordaitlar keng tarqalib; ignabarglilar dastlab katta axamiyat kasb etgan. Tsikadofit va ginkgofitlar vujudga kelgan. Mox- lar keng tarqalgan. Er sharining turli qismlarida turli vaqtda paleofit flora mezofit flora b-n almashgan. Kuruklikda o’simliklarning ko’pligi ko’mirning kat- ta hajmda to’planishiga sharoit yaratdi. Dengizlarda suv-o’tlar keng maydonlarni egallagan. P.D. hayvonot dunyosi xilma- xil va boy bo’lgan. Dengizlarda forami- niferalar, ayniqsa, fuzulinidlar ko’p va xilma-xil bo’lib, juda rivojlangan, P.D. oxirida ular qirilib ketgan. Kova- kichlilardan, asosan, to’rt nurli marjon poliplari (rugozalar) yashagan. P.D.da ular ham qirilib ketgan. Ikki tavaqali, qorinoyoqli va boshoyok/sh mollyuskalar keng tarqalgan. P.D. o’rtalarida tsera- titlar vujudga kelib, trias davrida ayniqsa ta-raqqiy etgan. Mshankalarda kriptos-tomatlar ko’p tarqalgan. Den- gizlarda braxiopodalar ko’p bo’lgan. Suvda yashovchi bo’g’imoyoklilardan Ostra- kodalar ma’lum, ular dengiz, Laguna, chu-chuk suvli havzalarni egallagan. Dengizlarda kam sonli trilobitlar, quruklikda hasharotlar yashagan. Ig- na-tanlilardan dengiz nilufarla- ri, suvdagi umurtqalilardan tog’ayli akulasimon baliklar (mas, geliko- prion) keng tarqalgan. Bu davr uchun suyakli baliqlardan paleonissid- lar xarakterli-dir. Quruklikdagi umurtqali hayvonlar ham suvda, ham quruklikda yashovchilar b-n sudralib yuruvchilardan iborat edi. Suvda va quruqda yashovchilardan stegosefal (zirx- li)lar ko’p bo’lgan. Suvda va quruklikda yashovchilar b-n sudralib yuruvchilar o’rtasidagi oraliq hayvonlardan batra- xo-zavrlar (mas, qurbaqa-kaltakesaklar) tavsiflidir. P.D. oxirida ste- gosefallarning ko’pi qirilib bitgan. Sudralib yuruvchilar esa ko’paygan, ular- ning ibtidoiy vakili — kotilozavrlar b-n birga darrandasimon sudralib yuruv- chilar ham ko’p bo’lgan. P.D.da quruqlik florasining taqsimlanishiga ko’ra, bir necha Flo- ra oblastlari ajratiladi: Evrameri- ka (Evropa, shim. Amerika); Katosiyo (Jan.-Sharqiy Osiyo); Angara yoki tun- guska (Sibir, Qozog’iston, O’rta Osiyo); ochiq urug’li o’simliklar o’sgan Gondvana oblastlari. O’rta Osiyo qudu-dida P.s. yotqiziqlari keng tarqalgan. Ular tek- tonik va tarkibiy tuzilishiga ko’ra 4 ga bo’linadi: 1) shim. Tyanshan tog’larida epikaledonit, Qoratog’-Chuy vodiysida alevrolit, mayda donali qumtosh, krem- niy, gilli ohaktoshlar, Tuztosh, Argil- lit, gips, angidrid kabi jinslardan tarkib topgan yotqiziqlar mavjud bo’lib, ularning qalinligi 1200-1300 m; 2) Jan. Tyanshan hududi va Nurota, Hisor, Qorachatir kabi tog’lardagi yot- qiziqlar alevrolit, ohaktosh, mergel, qumtoshlardan tarkib topgan; 3) shim. Pomirda flish tipli oxak- tosh, alevrolit, qumtosh va porfirit, Markaziy va Jan. Pomir hududlarida qora slanes, ohaktosh, kremniyli slanes, bazalt jinslaridan iborat qatlamlar mavjud; 4) Qoraqumning darvoza struk- turasi, Hisor (Luchob svita-si) va Kurama tog’laridagi yotqiziklar piroksen-Amfi- bol plagioklazli porfirit va linza sha- klida yotgan qum, shag’al kabi tog’jinsla- ridan tarkib topgan. P.s. yotqiziklarida yirik tuz (Solikamsk), kumir (Pechora, Kuznesk, Minusinsk va Tunguska ko’mir havzalari), mis (Jesqazg’an), neft-gaz konlari mavjud.