Peru oqimi, Gumboldt oqimi

Peru oqimi, Gumboldt oqimi — Tinch okeandagi sovuq yuza oqim. G’arbiy shamollar oqimining tarmog’i. Suv temperaturasi 15-20°, oqim tezligi 0,9 km/ soat. Suv sarfi 10-20 million m3/sek. 45° va 4° j.k.lar oralig’ida Peru va Chilining g’arbiy qirg’oklari bo’ylab Janubdan shimolga tomon oqadi. Ba’zi mualliflar sohil bo’yi va okean okimlarini hamda Janubiy Peruchili oqimini ajratadilar. 4° j.k.da Peru oqimi g’arbga burilib Janubiy passat oqimiga qo’shiladi.