Peruliklar, peruanlar
Peruliklar, peruanlar — xalq. Peruning asosiy aholisi (13,7 million kishi). Umumiy soni 13,82 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Asosan, metislar va mulatlar. Ispan va kechua tillarida so’zlashadi. Dindorlari — asosan, katoliklar. Peruliklar qadimda madaniyati yuksak bo’lgan inklarning avlodlari hisoblanadi.