PETRODVORES

PETRODVORES (1944 y.gacha Pe- tergof) — RF Leningrad viloyatidagi shahar. Sankt-Peterburg shahar ma’mu- riyatiga qarashli, Fin qo’ltig’ining Jan. sohilidagi pristan. T. y. stantsiyasi (Noviy Petergof). Soatsozlik z-Di bor. Axrlisi 81,8 ming kishi (1998). Saroy- bog’muzey qo’riqxonasi, P.dagi dastlabki qurilishlar Pyotr I buy-rug’iga binoan, 1709 y.da boshlangan. Podsho bu erda yozgi qarorgoh yaratishni maqsad qilgan. Unda dunyoga mashhur saroy-bog’ansamblini Vu- judga keltirishda xorijdan chaqirilgan ko’plab me’mor va bog’bon, rassom, naqqosh, haykaltarosh va b. mutaxassis- lar kat-nashgan. Ansamblning markazi — Katta Saroy. U dengiz bo’yidagi te- palikka dastlab ikki qavatli qilib so- lingan (1714-28), 1747-52 y.larda sa- Royni V. V. Rastrelli barokko uslubida kayta kurgan va kengaytirgan. Saroyning Jan. tomonida 5 favvorali yuqori bog’ (15 ga), shim. tomonida pastki bog’ (102,5 ga) joylashgan (ikkalasi ham 1714— 25). Pastki bog’da ulkan favvoralar majmuo- ti bor. Saroy qarshisiga katta sharshara qurilgan bo’lib, u ko’plab favvoralar, tillarang jez haykallar, bareleflar, vazalar b-n bezatilgan. Katta sharshara “Samson cho’michi” deb atalgan hovuzga oqib tushadi. Hovuz o’rtasida “sher og’zini yirtayotgan Samson” nomli mo- numental haykallar gu-ruhi joylashgan “Cho’mich” atrofiga italyan favvora- lari (“kosalar”) va kolonnalar (1803) o’rnatilgan. Katta sharshara atrofidan turli tomonga qaratib to’g’ri va uzun xiyo- bonlar qurilgan. Shim. tomonga ketgan 2 ta xiyobon kanalni aylanib, “cho’mich”dan dengiz tomonga, shim.-g’arbga ketgan XI- yobonlar “Momohavo” favvorasiga va Ermitaj paviloniga (1721-26, me’- mor I. F. Braunshteyn) olib boradi. Shim.-sharqqa ketgan xiyobon “Odamato” favvorasiga va Monplezir saroy majmu- asiga (1714-26) olib boradi. 18-a.da va 19-a. oxirida saroy va pavilonli, man- zarali bog’lar yaratilgan [Angliya bogi, 1774-94, me’mor J.Kvarengi, Aleksan- driya bog’i, 1826-29, me’mor A. A. Me- nelas, Aleksandr bog’i (1830)]. 1941-44 y.larda, urush davrida ne-mis fashistla- ri tomonidan vayron qilingan P. dast- labki loyiha asosida qayta tiklandi. 14 favvora va kaskad (zinapoyali ariq)lar ishga tushirildi, saroy va pavilonlar ta’mirlandi.