Petrosova Elizaveta Artyomovna

Petrosova Elizaveta Artyomovna (1913. 14.8, hoz. Marg’ilon), Lizaxonim — raqqosa, baletmeyster. Qoraqalpoqsah- na raqsining asoschilaridan. O’zbekiston va Qoraqalpog’iston xalq artisti (1957). Qoraqalpoq ashula va rake ansamblining tashkilotchisi (1956). Tamaraxonim va Gavhar Rahimovaning singlisi, Yayra Abdullaevannj onasi. Usta Olim Komi- lov va opalaridan o’zbek raqsi va rit- mlarini o’rgangan. Ijodiy faoliyatini Andijon te-atrida raqqosa va aktri sal i kdan boshlagan (1929). Osiyo (“Arshin- mol-olon”), qum-rixon (“o’rtoqlar”), Qunduzxon (“niqob yirtildi”) kabi obrazlarni yaratgan. 1933-36 y.larda Samarqand teatrida, 1936-38 y.lar O’zbek davlat musiqali teatrida, 1938— 56 y.lar Uzbek davlat filarmoniya- sida, urush yillari g. Rahimova rah- barligidagi o’zbek xotin-qizlar front ansamblida raqqosa va baletmeyster. 1956-65 va 1967-70 y.lar Berdaq no- midagi Qoraqalpoq Davlat Filarmoni- yasida baletmeyster va badiiy raxbar. 1985 y.dan 3. G’anieva nomidagi front kontsert brigadasi ansamblida. “Nozi- gim”, “gul bargi”, “pilla”, “Sadr”, “Ufori soxta” kabi raqslarni Mohiro- na ijro etgan. “Qashqar qizlari”, “Far-g’ona qizlari raqsi”, “Siynaxi- roj” singari raqslarni, “Qoraqalpoq to’yi” raqs-syuitasi, 70 dan ortiq yakka va ommaviy ijro etiladigan (“qiz uza- tish”, “baliqchilar”, “ilme Sulton”, “Cho’ponlar”, “oq oltin”, “qirq qiz” va b.) qoraqalpoq raqslarini va spektakllar (“Suymaganga suykanma”, “G’ariboshiq” va b.) dagi raqslarni sahnalashtirgan. Berdaq nomidagi Qoraqalpog’iston dav- lat mukofoti laureati (1969). Ac: Qoraqalpoq raqsi, T., 1976.