Pirildoq, bizbizak

Pirildoq, bizbizak — o’z o’qi atrofida tez aylanadigan moslama, o’yinchoq. Qo’l kuchi, shamol, prujina yoki ip yordamida aylantirib yuboriladi. P.aylantirib yuborilganda og’sa og’adiki, yiqilmaydi. P.ning ishi bevosita iner- tsiya qonuniga bogliq. Uning har bir zarrasi aylanish o’qiga perpendikulyar bo’lgan aylana bo’ylab hara-kat qiladi. Har bir zarra aylanish o’qiga perpen- dikulyar tekislikda qoladigan tarzda harakat qilishga intiladi. Shuning uchun P. yiqilmaydi. Tugma teshiklaridan ip o’tkazib, ipning ikki uchini barmoqlarga kiygizgan holda ipni goh taranglab, goh bo’shashtirib o’ynaladigan P. bizbizak deb ataladi. P.ningxususiyatlaridan texnikida keng foydalaniladi. Kema- lar, samolyotlar, kosmik apparatlarga P. xossasiga asoslangan har xil asboblar, giroskop, kompas va stabilizatorlar o’rnatiladi.