Plagioklazlar

Plagioklazlar (Yun. plagios — kiyshik va klasis — sinish, yorilish) — karkasli alyumosilikatlar — dala shpap- glari guruhiga mansub keng tarqalgan jins hosil qiluvchi minerallar. Kimyo- viy tarkibi bo’yicha uzluksiz izomorf qatordan iborat (q. Izomorfizm) (100-n) Na[AlSi3O8] nCa[Al2Si2O8] (bunda p 0 dan 100 gacha o’zgarishi mumkin); ba’zan BaO, SrO, FeO, G’e2O3 va b. aralashgan bo’ladi. Magmatik jinslar sistemati- kasida P.ning tarkibi muhim ahamiyatga ega. P. katorining chek-ka a’zolari al- bit va anortitnchnt 0% dan 100% gacha har xil mutanosiblikda qo’shilishidan 100 xil P. hosil bo’lishi mumkin. P. triklin sistemada kristallanadi, tur- li kattalikdagi prizma yoki plastinka shaklidagi qo’shaloq kristallar va dona- chalar hosil qiladi. Sodda qo’shaloklari kam, murakkab polisintetik qo’shaloq kri-stallari keng tarqalgan. Rangi oq, kul-rang, ko’kimtir, qizg’ish. Shishadek yaltiroq, qattiqligi 6-6,5, zichligi 2620 (albit)dan 2750 (anortit) kg/m3 gacha. P.ning asosiy massasi magmaning kri- stallanishidan hosil bo’ladi; ular, shu- ningdek, kontakt-metamorfik hosilalar (skarnlar, rogovik va b.)da, yana gidroter- mal tomirlar (albit)da uchraydi. Nurash jarayonida P. osonlik b-n gidroslyuda- lar, gilli minerallar va b.ga aylana- Di. P.ning ba’zan optik EF-fektlariga qarab ko’kimtir tovlanuvchi hidli oy- tosh, tarkibida temir yal-tirog’ining mayda tangachalari bo’lganligidan oltin- dek tovlanib turadigan xili avantyurin, yashil va ko’k tovlanadigan xili Labrador deb ataladi. Ko’kim-tir, chiroyli tovla- nib turadigan xili bezak tosh sifatida ishlatiladi.