Planula

Planula (lotincha planus — yassi) — ko’pchilik bo’shliqichlilarning 2 qavatli pelagik lichinkasi. Tuxumdan rivojlanadi yoki parenximula davrini o’tadi. Epiteliysi endodermada joylashganligi va gastral bo’shlig’ining bo’lishi bilan parenximuladan farq qiladi. Ektodermasi ixtisoslashgan xivchinli epiteliy hujayralaridan iborat. Gavda bo’shlig’ini endoderma o’rab turadi. Planula bir necha vakt suvda suzib yuradi; keyinroq suv tubiga yopishib olib, qolipga aylanadi. Planula tubullariyalar va traximeduzalarda aktinula davrini o’tgach, voyaga yetadi.