Plasenta gormonlari
Plasenta gormonlari – sut emizuvchi hayvonlar va homilador ayol- lar plasentasida ishlanib chiqadigan va gormonlar kabi ta’sir etadigan bio- logik faol moddalar (gonadrotropin, estrogen, progresteron va h.k.). P.g. homiladorlikning to’g’ri kechishini ta’minlab, tug’ish aktini tayyorlaydi. Xorionik gonadotropin ba’zi may- munlar va homilador ayollarnint tipik homildorlik gormoni bo’lib, PLA-tsenta- dan qonga o’tadi va siydik b-n ajraladi. Bu esa homiladorlikning gormonal dia- gnostikam uchun zarur. Xorionik gona- drotropin gipofiz go-nadtropinidan kimyoviy tuzilishi, urug’don va tuxum- donga ta’siri b-n farq qiladi; tuxum- donda hujayralar gipertrofiyasiga sa- bab bo’ladi, lekin follikulalar o’sishi, sariqtana hosil bo’lishini kuchaytir- maydi. Ko’pgina sut emizuvchilar PLA- tsentasida estron, estradiol, estriol gormonlari, ayollar plasentasida esa homiladorlikning ikkinchi yarmida estrogenlar ko’plab ishlanib chiqadi. Odam va bir qator sut emizuvchilar — maymun, mushuk, dengiz cho’chqachasi PLA- tsentasida esa homiladorlikning nor- mal rivojlanishini ta’minlaydigan progesteron ishlanib chiqadi. Bundan tashqari, plasen-tada androgen, glyuko- kortikoidlar, relaksin, oksitosin kabi gormonlar ham ishlanib chiqadi.