Plutonizm

Plutonizm (Pluton — afsona- viy er osti hukmdori nomidan) — er geologik tarixida ichki (endogen) jara- yonlar hal qiluvchi rol o’ynaydi degan ilmiy ta’limot. 18-a. oxiri — 19-a. boshlarida kengtarqalgan. P. qarashlari sistemasi shotlandiyalik tabiatshunos- geolog J. Gettonning “er nazariyasi” kitobida (1788, 1795) ishlab chiqilgan. Uning fikricha, er yuzasi va er po’stida sodir bo’ladigan barcha o’zgarishlar Fi- zik va kimyoviy jarayonlar b-n uzviy bog’liq. P. quruklik yuzasining suv b-n yuvilib ketishi, dengiz ostida cho’kindi jinslarning paydo bo’lishi, ularning zichlanishi, dengiz suvi qaytgach, Yan- gidan materikning bunyodga kelishini “erning ichki harorati” (magmatizm va vulkanizm) oqibati, deb hisoblardi. J. Gettonning bu ta’limoti magma va mag- matik tog’jinslari haqidagi birin- chi progressiv tushunchaga asos soldi va o’sha davrda xukm surgan Neptunizm (A. Verner) ta’limotiga katta zarba ber- Di. 19-a. boshlarida bazaltlarning vulkandan kelib chiqqanligi va vulkan hamda zil-zilalarda er ichki Energi- yasining ahamiyati aniklandi. P. ta- rafdorlari er yuzasi tarixida vulkan harakatlari hal qiluvchi ahamiyatga ega, deb hisoblaganlar (vulkanizm-katastro- fizm tarafdorlari A. Gumboldt va L. Bux ham shu fikrda edilar). “Vulkani- stlar” va “plutonistlar”ning ilmiy qarashlari bir-biridan farklansa- da, ularning har qaysisi er tarixida ichki kuchlarning hal qiluvchi rolini tan olganlar va ular orasidagi ilmiy bahslashuvlar geol. fanini rivojlani- shiga katta hissa qo’shgan.