Podoliya qirlari, Podoliya platosi

Podoliya qirlari, Podoliya platosi — Ukrainaning Janubi-g’arbidagi qirlar. Dnestrning chap sohilida. Shimoli- g’arbdan Janubi-sharqqa cho’zilgan. Ohaktosh, mergel, qumtosh va slaneslardan, Sharqiy qismi esa granit va gneyslardan tarkib topgan. Eng baland joyi 471 metr (Kamula tog’i). Podoliya qirlarining katta qismi haydalib, dehqonchilik qilinadi. Dub o’rmonlari va o’tloq dashtlari bor.