Podpolkovnik

Podpolkovnik (ruscha polkovnikdan quyi) — bir qator davlatlar qurolli kuchlarida zobitlik unvoni. Podpolkovnik unvoni rus armiyasida 17-asrdan mavjud bo’lgan. Podpolkovnik polk komandirining o’rinbosari, polk shtabining boshlig’i, alohida batalon, harbiy qismlar komandiri lavozimlarida bo’lishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari, ichki ishlar vazirligi, soliq, bojxona, chegara va boshqa qismlardagi zobitlik unvoni.