Polimeriya

Polimeriya (Yun. polymereia — ko’p murakkablik) — genlarning o’zaro ta’siri tiplaridan biri. P.da bir belgining rivojlanishi bir xilda ta’sir etuvchi 2 va undan ortik, allel bo’lmagan genlarga bog’liq. P. 1909 y.da shved olimi N.G. Nilson-ele tomo-ni- dan kashf etilgan. Xo’jalik nuqtai na- zaridan qimmatli bo’lgan belgilar, mas, g’o’zaning bo’yi, tola chiqimi, tola uzun- ligi, ko’sagining og’irligi, chigi-tining yog’liligi va b. belgilari P. ti-pida ir- siylanadi. Shartli ravishda kumulyativ va nokumulyativ P.ga ajra-tiladi. Kumu- lyativ P.da belgining fenotipda kuchli yoki kucheiz namoyon bo’lishi genotipda ishtirok etadigan dominant allellar- ning soniga bog’liq. Mik,doriy belgilar kumulyativ P. tipida irsiylanadi. Noku- mulyativ P.da belgining fenotipik na- moyon bo’lishi dominant allellar soniga bog’liq emas. Dominant belgining namo- yon bo’lishi uchun genotipda birgina do- minant al-lelning bo’lishi kifoya. Bio- kimyoviy darajada P. asosida belgining rivojlanishiga ta’sir qiluvchi biosin- tez reaktsiyalari yotadi.