Poliplar

Poliplar — surunkali yallig’lanish natijasida shilliq parda- ning ma’lum qismida paydo bo’ladigan so’rg’ichsimon o’siklar. Burun, ichak, me’da, bachadon va tananing boshqa bo’shliqdaridagi shilliq pardaning gi- pertrofiyalanishi oqibatida vujudga keladi. Kelib chiqishiga ko’ra, qon P.i (bachadonda qolib ketgan yo’ldosh parchasi atrofidagi qon individlaridan hosil bo’la-Di), yo’ldosh P. i (bachadonda qolib ketgan yo’ldosh parchasidan o’sib chiqa-Di), yumshoq P. (shilliq pardaning mahalliy yallig’lanish giperplaziyasi tufayli pay- do bo’ladi) farq qilinadi. Me’da, ichak- dagi P. ba’zida og’riqsiz kechib, faqat shu a’zolar biror kasallik tufayli ope- rasiya qilingandagina uni ko’rib qolish mumkin. Ba’zan yaraga aylanib qonaydi, ovqat hazm qilish qiyinlashib qoladi. Burundagi P. nafas yo’lini to’sib qo’yadi. Zaruriyat bo’lsa, operasiya qilinadi.