Polixromiya

Polixromiya (poli… va Yunoncha chroma — rang) — amaliy bezak san’ati, haykaltaroshlik, me’morlik asarlarida ikki va undan ortiq ranglilik. Asar yaratishda turli xil rangdagi xom ashyolarni ishlatish yoki asarlarni turli ranglarga bo’yash orqali Polixromiyaga erishiladi.