Poliz qo’ng’izi

Poliz qo’ng’izi, poliz xon-qizi (Epilachna chrysomelina) — xon-qizi oi- lasiga mansub zararkunanda. Asosan, po- Liz ekinlarini zararlaydi. Osiyo, Afri- ka, Evropaning Jan.da tarqalgan. O’rta Osiyo, Qozog’iston va Kavkazda ham uchray- Di. Qo’ng’izi 7-8 mm kattalikda. Tana- sining past tomoni yassi, usti qabariq, rangi qizil-qo’ng’ir. Qanoti ustida 6 ta- dan kora dog’i bor. Urg’ochi qo’ng’izi poliz o’simligi bargining pastki tomoniga 50 tagacha tuxumini g’uj qilib qo’yadi. Tuxum- laridan 3-4 kunda lichinkalar chiqadi. Lichinkasi ri vojlanish davrida 3 marta pust tashlaydi. Lichinka pust tashlaga- nidan 8-10 kundan so’ng g’umbakka ayla- nadi. G’umbakning rivojlanishi 1 — 1,5 haftadavom etadi. Qo’ng’izva lichinka- lar barg etini eb, uning tomirlarini- gina qoldiradi. Hosil pishgan davrda mevasini eb, o’yib tashlaydi. P.q. o’zi oziqlanadigan dala yoki uning yaqinidagi xazonlar va o’simlik qol-diklari orasi- da qishlaydi. Kurash choralari: daladagi o’simlik qoldiqlari o’z vaqtida yig’ish-tirib, chuqur shudgorlash. P.q. soni ko’payib, hosilga jiddiy zarar etkazganda karbo- fos (0,4—1,0 l/ga), Fufanon (0,4—1,0 l/ ga), tsiperkil (0,06 l/ga) va b. insekti- tsidlar purkagich apparatlarda purkala- Di.