POMIR-FARG’ONA KOMPLEKS Ekspedisiyasi

POMIR-FARG’ONA KOMPLEKS Ekspedisiyasi – sobiq SSSR FA tomonidan tashkil etilib, 1950-52 y.lari faoliyat ko’rsatgan. A.N.Bernsh- tam rahbarligida tuzilgan bu ekspedi- tsiya o’z oldiga O’rta Osiyo arxeologiyasi va etnografiyasini o’rganishni asosiy va- Zifa qilib olgan. Ekspedisiya a’zolari qadimdan yashab o’tgan o’troq dehqonchilik va chorvachilik b-n shug’ullangan aholi ma- daniyati, tarixiga doyr muhim kashfiyot- lar qildilar. Jumladan, qad. O’rta Osiyo ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida 2 xo’jalik yuritish usuli (dehqonchilik va chorvachilik) bo’lganini arxeologik fakt- lar b-n isbotladilar. Ayrim ko’chmanchi xalqlar qad. tarixini o’rganish aynan shu ekspedisiya a’zolari tomonidan boshlan- gan. Bu ekspedisiya davriy jihatdan ham, hududiy tomondan ham keng qamrovli ish olib bordi, jumladan, Tyanshan, Pomir, Olay, Farg’ona kabi yirik geografik nuqtalarda ilk bor arxeologik va etno- grafik tadqiqotlar o’tkazdi. Ayniqsa, qad. Farg’ona tari-xida ma’lum bo’lmagan jez va ilk te-Mir davri (mil. AV. 2-ming yillikning oxirgi choragi — 1-ming yillikning 1yarmi) arxeologik yodgorli- klarining ochilishi muhimdir. Bularga CHuet sh. yaqinidagi Buonamozor, Andijon viloyati, Jalolquduq tumanidagi Dal- varzin, Andijon viloyati Izboskan tu- manidagi Eylaton (mil. AV. 6-3-a.lar), Marhamat sh. yaqinidagi ming-tepa (mil. AV. 4 — mil. 3-4-a.lar) kabi arxeolo- gik yodgorliklar kiradi. Bu yodgorliklar O’rta Osiyo tarixida mu-him ahamiyatga ega. Ad.: Bernshtama. N., Istoriko-arxe- ologicheskie ocherki Tsentralnogo Tyan- Shanya i Pamiroalaya, VIP. 26, M.—L., 1952. Boqijon Matboboev.