Pomir xalqlari

Pomir xalqlari, Pomir toji- klari (o’zlarini pomiri deb atashadi) — Tojikiston Respublikasi tarkibidagi G’arbiy Pomirning baland tog’vodiysi- dagi tog’li Badaxshon viloyatida yashaydi- gan kichik xalqlar [yozg’ulomlar (o’z nomi — zgamik), ro’shonlar (o’z nomi — rixen, ruxni) mahalliy guruh xuflar (o’z nomi — Xu-fij) b-n birga, bartanglar (o’z nomi — bartanj) mahalliy guruh aro- shorlar b-n birga, shug’nonlar (o’z nomi — xugni, xununi) mahalliy aholi baj- o’ylar b-n birga, ishkashimlar (o’z nomi — ishkashumi, ishkashimi) vohonlar (o’z nomi — hik, vaxi) va vanjlar] guruhi. Shuningdek, P.x. Afg’oniston Ba-daxshoni (ro’shonlar, shug’nonlar, ishkashimlar, vohonlar, zebaklar, Mun- jonlar)da, Pokistonning Chitrol mav- zesi (munjonlar, yidgalar)da va xunza daryosi vodiysi (vohonlar)da, Xitoy- ning Sintszyan — Uyg’ur viloyatida (shug’nonlar va vohonlarga qarindosh sariko’llar) yashaydilar. P.x. katta eV- ropeoid irqiga mansub bo’lib, hind- Evropa tillar oilasining Sharqiy Eron tili kichik guruhiga kiruvchi til va lahjalarda so’zlashadilar. Dindorlari, asosan, Islom dinining shia, qisman esa sunna mazhablariga e’ti-Qod qiladilar. P.x. yashagan hududlarda qad. zamonlar- da Ro’shon, Shug’non, Vo-hon davlatlari mavjud bo’lgan. Asrlar mobaynida bu hududlar chet el bosqinchilari tasarru- figa ham kirgan. 7-a.ning oxirida Po- Mir erlari ikki asrdan ko’proq tibetli- klar qo’l ostida bo’lgan. 10-a.dan boshlab Pomir davla-ti mustaqillikka erishgan, keyinchalik esa alohida podshoxliklarga bo’li-nib ketgan. Qariyb 30 y. mobayni- da Afg’oniston Badaxshoniga bo’ysungan. 1878 y.da Buxoro xonligi, so’ngra esa chor Rossiyasi tobeligiga o’tgan. 1925 y. 2 yanv.da Tojikiston Muxtor Respublikasi tarkibida tog’li Badaxshon Muxtor viloyati tashkil etilgan. 20-a. ning 30-90-y.lari va 21-a.ning boshla- ri davomida jamiyatda sodir bo’lgan siyo- siy, iqtisodiy va ijtimoiy o’zgarishlar natijasida P.x. etnomadaniy jihatdan asta-sekinlik b-n tojiklarga o’zaro yaqinlashib va tobo-ra singishib bormoqda. P.x.ning asosiy an’anaviy mashg’uloti chorvachilik, hunarmandchilik va qisman dehqonchilikdan iborat.