Poraxo’rlik
Poraxo’rlik — pora olish, pora berish, bu ishda vositachilik qilish kabi mansabdorlikjinoyatlari. P. mod- diy boylik yoki mulkiy manfaat Eva- ziga muayyan harakatlarni bajarish yoki bajarmaslik b-n tavsiflanadi. O’zbekiston Respublikasi JK ga ko’ra, u boshqaruv tartibiga qarshi jinoyat- lar sirasiga kiradi. JK bo’yicha, pora olish deganda mansabdor shaxsning o’z xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo’lgan muayyan harakatni pora berayotgan shax- Sning manfaatini ko’zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan o’zi, yoki vositachi orqali moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy naf ko’rishi tushu- niladi. Bunday jinoyat uchun — eng kam oylik ish haqining 50 baravaridan 100 baravarigacha mikdorda jarima yoki mu- ayyan huquqdan maxrum etilgan holda 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan. Ushbu jinoyat og’irlashtiruvchi holatlarda sodir etil- ganda 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan maxrum qilish jazosi ta-yinlanadi. (O’zR Jinoyat kodeksi, 210modda). Pora berish deganda mansabdor shaxsning o’z xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo’lgan muayyan harakatni pora bergan shaxsning manfaatlarini ko’zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga unga bevosita yoki vositachi orkali moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish tushuniladi. Pora berish jinoyati uchun eng kam oylik ish haqining 50 baravari- gacha mikdorda jarimadan 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishtacha jazo tayinlanadi (O’zR Jinoyat kodeksi, 211modda). Bashar-ti, shaxsga nisbatan pora so’rab tovlamachilik qilingan bo’lsa yoki bu shaxs jinoiy xarakatlar sodir etilgandan keyin bu haqda o’z ixtiyori b-n arz kilsa, chin ko’ngildan pushaymon bo’lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo’lsa, javobgarlikdan ozod eti- ladi. Pora olish yoki berish xususidagi kelishuvga erishishga qaratilgan fao- liyat, shuningdek, manfaatdor shaxslar- ning topshirig’i b-n porani bevosita berish — pora olish-berishda vositachi- lik qilish hisoblanadi. Bunday jinoyat uchun eng kam oylik ish haqining 50 bara- varigacha mikdorda jarimadan 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan maxrum qilishgacha jazo belgilangan (O’zR Jinoyat kodeksi, 212 modda). Vositachilik qilgan shaxs jinoiy harakatlarni sodir etgani- dan keyin bu hakda o’z ixtiyori b-n arz qilsa, chin ko’ngildan pushaymon bo’lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo’lsa, javobgarlikdan ozod qilinadi. P. niqoblangan shaklda ham amalga oshi- rilishi, pora Qar xil moddiy boyliklar (pul, chet el valyutasi, qimmat-baho bu- yumlar, qimmatbaho qog’ozlar, oziq-ovqat yoki past bahodagi sanoat mollari) sha- klida bo’lishi mumkin. Pora predmetiga muayyan xizmatlar ham kiradi. Aytaylik, tibbiy yoki dam olish uylariga berila- digan yo’llanmalarni takdim etish, ta’- mirlash, qurilish va b. shu kabi ishlarni bajarish. Bir qancha mamlakatlarda man- sabdor shaxslarning o’z mansabi bo’yicha berilgan huquklaridan shaxsiy boyish maqsadidagi suiiste’molliklari, ular- ning poraga sotilishi hollarini ku- zatish mumkin (q. Korrupsiya). Mirzayusuf Rustamboev.