Porter (Porter) Rodni Robert
Porter (Porter) Rodni Robert (1917.8.10, Ashton — 1985.7.9) — ingliz immunologi va biokimyogari. Lon-don Qirollik jamiyati a’zosi (1964); Liverpul va Kembrij universitetlarini tugatgan (1939). Londondagi tibbiyot tadqiqotlari milliy instituti ilmiy xodimi (1949-60); Sent-Meri kasalxonasi qoshidagi tibbiyot oliy maktabi (1960— 67) va Oksford universiteti (1967) professor. Asosiy ilmiy ishlari immunologiyaga oid. Antitelolar molekulasining tuzilish sxemasini taklif etgan (1962). Bu sxemaga ko’ra, immunoglobulin molekulasi 4 ta — 2 ta “og’ir” va 2 ta “yengil” zanjirdan tashkil topgan; zanjirlar o’zaro disulfid bog’lar orqali birikadi. Nobel mukofoti laureati (1972, J.Edelman bilan hamkorlikda).