Posangi

Posangi (forscha) — 1) tarozi pallalarini tenglashtirish yoki narsa tortilayotganda idish og’irligini chiqarib tashlash uchun tarozining bir pallasiga qo’yiladigan qo’shimcha tosh yoki yukcha; 2) texnikada — mashina va mexanizmlarning aylanuvchi qismlarini muvozanatga keltirish uchun biriktiriladigan qo’shimcha yukcha (metall parchasi). Masalan, avtomobil g’ildiragining ravon aylanishini ta’minlash uchun unga metall parchasi biriktiriladi; 3) soat mexanizmining asosiy rostlagichi (balansir).