Potok liniya

Potok liniya — korxonalar- da de-tallar tayyorlash yoki buyumlarni Yi-g’ishda bajariladigan texnologik ja-rayonlar ketma-ketligiga moslab (po- tok usulida) joylashtirilgan va bir- biriga bog’langan ishlov beruvchi mashi- nalar (yoki ish o’rinlari) maj-mui. Har bir mashina yoki ish o’rni ma’lum ishga moslanadi, unda umumiy ishning ma’- lum qismi bajariladi. Har bir ishchi ma’lum ishga ixtisoslashadi. Operasi- yalar oson-qiyinlik va vaqt jihatdan har bir ish o’rniga taqsimlanadi. P. l. uzluksiz yoki to’xtab-to’xtab ishlaydigan (uzlukli) bo’lishi mumkin. Ishlov beri- ladigan detal yoki yig’iladigan buyum bir ish o’rnidan ikkinchisiga maxsus transport vositalari (mas, konveyer) da o’tkaziladi. P.l. individual — bit- ta detalga ishlov beriladigan; qo’shaloq — bir vaqtda ikki detalga ishlov be- riladigan; guruxli — bir vaqtning o’zida bir necha detalga ishlov berila- digan xillarga bo’li-nadi. P. l. ishlab chiqarish jarayonlarining bir maromda borishini ta’minlaydi, ish unumdorli- gini oshiradi. Mahsulot yoki uning bir qismini ma’lum texnologik izchillik va bir maromda avtomatik tarzda tayyor- laydigan mashinalar tizimi, asosiy va qo’shimcha uskunalar majmui avtomat P.l. dey-iladi (q. Avtomat liniya).