Poygumbaz

Poygumbaz — gumbaz o’rnatiladigan qurilma, asos. Gumbazning gardishsimon ostki, binoning ustki qismi. Poygumbaz gumbazni binodan baland ko’tarib, ajratib turadi, unga salobat va ko’rkamlik bag’ishlaydi. Poygumbazning 4 yoki 2 tomonidan darcha ochilib, unga panjaralar ishlanadi. Poygumbaz gumbaz va bino rangiga mos ravishda turli xil koshinkori, girih naqsh, shakl va kitobalar bilan bezatiladi.