Pozitroniy

Pozitroniy — musbat zaryadi pozitron e+ va elektron e~ dan tashkil topgan zarra. Pozitronlarning mod- da atomlari b-n sekin to’qnashuvidan hosil bo’ladi. Ps b-n belgilanadi. P. tu- zilishi vodorod atomiga o’xshaydi, unda vodorod atomidagi proton o’rnida pozi- tron bo’ladi. P.ni 1951 y.da Ame-rikalik olim M. Deych kashf etgan. P. massasi ikkita elektron massasiga teng, o’lchami vodorod atomi diametridan ikki hissa ortiqroq. P. asosiy va g’alayonlangan holatlarda bo’lishi mumkin. P. Energi- yasining asosiy sathi elektron va pozi- tron spinlarining o’zaro ta’siridan 2 ta satxga ajraladi. Ular orasidagi ener- giya farqi 8,41-10—* ev ga teng. Pastki sath antiparallel spinli zarralar (Pa- rapozitroniy)ning holatiga, yuqori sath esa parallel spinli zarralar (ortopo- zitroniy)ning holatiga Moe tushadi. P. juda kiska vakt (sekundning bir necha ulushicha) yashaydi, annigilyasiya tufayli pozitron va elektronlarga aylanadi.