Prefiks
Prefiks (lotincha praefi xus — old tomonga mahkamlab qo’yilgan) — affikslarning bir turi; o’zak oldidan qo’shiladigan so’z yasovchi qo’shimcha. Prefiks o’zbek tili uchun xos emas. O’zbek tilida qo’llanadigan ba-, be-, bo-, no-, ser- kabi Prefikslar fors tilidan kirib kelgan, anti-, kontr-, sub-, super – kabilar esa baynalmilal Prefikslardir. Masalan, badavlat, bedavo, boodob, noto’g’ri, serfarzand; antiinsoniy, kontrhujum, submaxsulot, superyutuq va boshqalar.