Produsentlar

Produsentlar (lotincha Producentis — ishlab chiqaradigan, hosil qiladigan) — fotosintez va xemosintez yordamida anorganik moddalardan organik moddalar hosil qiladigan avtotrof organizmlar. Produsentlar geterotrof organizmlar — konsumentlar va redusentlarga qarama-qarshi qo’yiladi. Quruqlik va suv ekosistemasidagi asosiy Produsentlar — yashil o’simliklar hisoblanadi. Produsentlar oziqlanish zanjirining boshlang’ich zvenosini, barcha ekosistemalar asosini tashkil etadi.