Progressiya
Progressiya (lotincha Progression — oldinga siljish, o’sish) — sonlar ketma-ketligi (U, U2,…, UJ. Ikkinchi hadidan boshlab xar bir hadi mazkur Progressiya uchun o’zgarmas bo’lgan doimiy sonni qo’shishdan yoki doimiy songa ko’paytirishdan hosil bo’ladi. Doimiy sonning qiymatlariga qarab Progressiyalar o’suvchi yoki kamayuvchi deyiladi.