Prokariotlar
Prokariotlar (lot. pro — ol- dingi, ilgarigi va karion — yadro) — hujayra-sida membrana b-n chegaralan-gan yadrosi bo’lmagan organizmlar. P.ga bakteriyalar, tsianobakteriyalar, arxe- bakteriyalar ki-radi. DNK, oqsil va RNK dan iborat yadro apparati tsitoplaz- mada ochiq joylashgan. Genetik siste- masi (genofor) hujayra membranasiga yopishgan bo’lib, primitiv xromosomaga Moe keladi. Ko’payishda genoforning har qaysisi hujayra membranasi b-n birga yangi hujayralarga o’tadi. Mitoz bo’lmaydi, xloroplastlar, endoplazma- tik to’r, mi-toxondriyalar, Golji appa- rati, tsent-riollar uchramaydi. Hujayra devori asosi glikopeptid Murendan iborat. Ribosomalari ancha kichik, euka- riotlar xromosomalaridan oqsil soni va sedimentasiya koeffisienti b-n farq qiladi. P. bir qator o’ziga xos spesifik fiziologik jarayonlar, mas, havodan molekulyar azotni o’zlashtirish xususiya- tiga ega. Ayrim karashlarga binoan, P. eukariot ajdodlari b-n birga eng qad. hayvonlarga kiritiladi.