Prometrin

Prometrin, selektin, Progellan, gezagard 50 (CI6HI9N5S) — tanlab ta’sir etuvchi gerbitsid, 50%li ho’llanuvchi kukun. Bir yillik g’allasimon va ikki pallali begona o’tlarni yo’qotishda qo’llaniladi. Ta’siri, ayniqsa, etarli namlik va yuqori haroratda 3 oygacha davom etadi. Preparatni OVX-14 traktor agregati yordamida bahorgi boronalashdan oldin yoki urug’lik ekilgandan so’ng, urug’ unib chiqqunga qadar, shuningdek, ekish bilan barobar lenta usulida 25-30 santimetr kenglikda tuproq yuzasiga purkaladi. Sarf normasi 1,3 -2,5 kg/ga, ish suyuqligi 100-150 l/ga. Zahari kuchsiz.