Prosessor
Prosessor (lotincha processus — Surilish) — elektron mashinaning dastur (programma) da ko’zda tutilgan amallar; informasiyani o’zgartirish, barcha hisoblash jarayonlarini, hisoblash mashinasidagi boshqa qurilmalarning ishini boshqarib turish uchun mo’ljallangan Markaziy qurilmasi. Asosiy qismlari: arifmetikmantiey qurilma va boshqarish qurilmasi. Arifmetikmantiqiy qurilmada axborot arifmetika va mantiq jihatidan qayta ishlanadi. Boshqarish qurilmasi xotiradagi axborotlarni chiqarish tartibini belgilaydi, boshqaruvchi signallarni ishlab chiqadi, mashinadagi qurilmalarning ishini uyg’unlashtiradi, dasturni uzish signallarini qayta ishlaydi, xotiradagi axborotlarni muhofazalaydi, Prosessor ishini nazorat qiladi. Prosessorda bulardan tashqari, o’ta tezkor xotira qurilmasi va tashkiliy bloklar ham bor.